Buxoro viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

News image

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik doirasida, tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida joriy yil 20-may kuni Buxoro shahri, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Buxoro filiali binosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda qurilish materiallari sanoatida faoliyat yuritayotgan qariyb 40 ta korxona vakillari ishtirok etdi.

photo_2026-05-20_18-54-29.jpg

photo_2026-05-20_18-54-35.jpg

Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida kechib, sohani jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, temir yo‘l transporti va logistika tizimini takomillashtirish, eksport geografiyasini kengaytirish, xorijiy hamkorlar va xaridorlarni jalb etish bo‘yicha muammolar va yechimlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, geologiya yo‘nalishida xomashyo bazasini kengaytirish, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish jarayonlarini soddalashtirish, geologik qidiruv ishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

photo_2026-05-20_18-54-50.jpg

photo_2026-05-20_18-55-06.jpg

Uchrashuv davlat organlari, moliya institutlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohaga oid muammolarni manzilli hal etish hamda qurilish materiallari sanoatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Ushbu muloqot yakunlari asosida mas’ul tashkilotlar kesimida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bildirilgan taklif va tashabbuslarning amaliy ijrosi nazoratga olinadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech