“China Energy Samarqand Cement” (CESAM) korxonasi haqida bilasizmi?

News image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida “CHINA ENERGY INTERNATIONAL GROUP SAMARKAND CEMENT” MCHJ QK kuniga 7,5 ming tonna sement klinker tayyorlay oladigan korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy korxona Xitoyning zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu yerda jahon standartlariga mos M-400 hamda M-500 portlend sement ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining umumiy qiymati 3,85 trln so‘mni tashkil etadi.

Bu yerda yiliga 3 mln tonna sifatli portlend sement tayyorlanadi. E’tiborlisi, qo‘shma korxonaga mamlakatimizdagi eng yirik klinker pech liniyasi o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan. Yangi sement zavodining foydalanishga topshirilishi bilan 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

IMG_9481.jpg

Yana bir e’tiborga molik jihat, korxona to‘liq ko‘mir yoqilg‘isiga moslashgan ishlab chiqarish jarayoni, unda energiya tejamkorlik va energiya samaradorlikka alohida e’tibor qaratilgan, jumladan, energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatilganligi bois kam yoqilg‘i sarflab, ko‘p mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida jaxon standartlariga mos zamonaviy filtrlar o‘rnatilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech