Dunyo miqyosida yetakchi hisoblangan TOP-3 lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan tanishamiz

News image

1.Sherwin-Williams — dunyoda №1 lak-bo‘yoq brendi

Sherwin-Williams kompaniyasi (AQSH) jahon lak-bo‘yoq bozorida mutlaq yetakchi hisoblanadi. Kompaniya 150-yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, qurilish, sanoat va maxsus qoplamalar segmentida innovatsion yechimlar taklif etadi.

Sherwin-Williams mahsulotlari:

yuksak chidamlilik,

tashqi muhit ta’siriga bardosh,

professionallar va iste’molchilar ishonchi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda kompaniya 120 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, dunyo standartlarini belgilab bermoqda.

dulux-production.jpg

2. PPG Industries — global qoplamalar giganti

PPG Industries (AQSH) — lak-bo‘yoq va sanoat qoplamalari ishlab chiqarishda dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mahsulotlari qurilish, avtomobil, aviatsiya va sanoat sohalarida keng qo‘llaniladi.

PPG‘ning ustunliklari:

yuqori texnologik ishlab chiqarish,

ekologik standartlarga mos mahsulotlar,

70 dan ortiq mamlakatda faol bozor mavjudligi.

PPG sifati va ishonchliligi bilan xalqaro bozorda mustahkam o‘rin egallagan brend hisoblanadi.

3.AkzoNobel — Yevropa sifati va Dulux brendi

Niderlandiyada joylashgan AkzoNobel kompaniyasi Yevropa lak-bo‘yoq sanoatining flagmani hisoblanadi. Kompaniyaga qarashli Dulux, Sikkens, Interpon kabi mashhur brendlar dunyo bo‘ylab tanilgan.

AkzoNobel:

dizayn va estetikaga e’tibor,

eologik toza texnologiyalar,

innovatsion rang yechimlari

orqali bozorda alohida mavqega ega. Dulux brendi esa millionlab iste’molchilar uchun sifat ramziga aylangan.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech