- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Eng qadimiy qurilish materiallari – insoniyat sivilizatsiyasi tayanchi
15 Sep 2025
257
Insoniyat tarixi bilan birga qurilish san’ati ham uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi zamonaviy shaharlarning asosini tashkil etgan temir-beton, shisha va metall kabi materiallar paydo bo‘lishidan ancha oldin, odamlar tabiatda mavjud moddalardan uy-joy va inshoot qurishda foydalanib kelishgan. Tarixda qaysi qurilish materialidan foydalanishgan bilasiz?
Tosh. – abadiylik ramzi.
Tosh insoniyat qo‘llagan eng qadimiy qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Uning mustahkamligi va uzoq muddat saqlanishi sababli qadimiy piramidalar, ibodatxonalar va qal’alar toshdan barpo etilgan. Masalan, Misr piramidalari, Afina ibodatxonalari yoki Samarqand, Buxorodagi ayrim yodgorliklar toshning benazir xususiyatlaridan dalolat beradi.
Loy va g‘isht – shaharsozlikning ildizi.
Mesopotamiya va Bobil kabi qadimiy sivilizatsiyalar uy-joy qurishda asosan loydan tayyorlangan g‘ishtlardan foydalanishgan. Quyoshda quritilgan g‘isht arzon va oson topiladigan material bo‘lib, yirik shaharlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Xorazm va Sug‘dda ham qadimdan gil va loy qurilishning asosiy materiali sifatida qo‘llanilgan.
Yog‘och – tabiatning in’omi.
Yog‘och esa uy-joylarning ustunlari, tomlari va ichki tuzilishida keng qo‘llangan. Uning yengilligi va ishlov berishda qulayligi sababli, turli hududlarda turli shaklda qo‘llanilib kelgan.
Ohak va ibtidoiy beton.
Qadimgi yunon va rimliklar devor va inshootlarni mustahkamlash uchun ohak va vulqon kulidan foydalangan. Bu usul zamonaviy betonning ibtidoiy ko‘rinishi hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyotida eng qadimiy qurilish materiallari – tosh, loy/gil, yog‘och va ohak bo‘lib, ular sivilizatsiyaning ilk qadamlarini barpo etishda asosiy omil bo‘lgan. Bugungi kunda ham ayrim hududlarda ushbu an’anaviy materiallardan foydalanish davom etmoqda.