- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Eng yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalar haqida bilasizmi?
13 Dec 2023
765
Mamlakatimizda jami 37 ta sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 32,7 mln tonnani tashkil etadi. Hozirda mahalliy zavodlarda M-400 dan tortib M-600 markadagi portlend sement ishlab chiqarilmoqda. Yana bir muhim ma’lumot Quvvati 1 mln va undan yuqori korxonalar soni 14 tani tashkil etadi.
Eng yirik sement ishlab chiqaruvchi bu - “Qizilqumsement” AJ sanaladi. Korxona yiliga 5,7 mln tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. “CHINA ENERGY INTERNATIONAL GROUP SAMARKAND SEMENT” MCHJ XK yillik quvvati esa 3 mln tonnani tashkil etadi. “Toshken Konch sement” XKda esa bu raqam 2,5 mln tonna. Yangi liniyaning foydalanishga topshirilish hisobiga “Ohangaronsement” AJ har yili 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. “Farg‘ona Yasin Qurilish Mollari” MCHJ (yillik quvvati-2 mln tonna), “Qoraqalpoqsement” MCHJ (yillik quvvati – 1,8 mln tonna), “Xuaksin Jizzax sement” MCHJ QK (yillik quvvati – 1,66 mln tonna) hamda “Bekobodsement” AJ (yillik quvvati – 1,6 mln tonna) ham ishlab chiqarishda eng ilg‘or korxonalar hisoblanadi.