Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

News image

Farg‘ona viloyatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "O'zasanoatqurilishmateriallari" uyumasi, "O'zsanoatqurilishbank" ATB va "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ishtirokida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda sohaga doir dolzarb muammo va takliflar tinglandi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.

photo_2026-05-23_16-13-41.jpg

photo_2026-05-23_16-13-42.jpg

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlarda xaridor topishda ko‘maklashish;

  • temir yo‘l tarmoqlarini kengaytirish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

  • sohada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda investorlarni jalb etish masalalarida ko‘maklashish.

Muloqot davomidagi masalalar, takliflar va murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi hamda amaliy choralar koʻrilishi uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech