- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Farg‘ona viloyatida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
21 Aug 2025
344
Farg‘ona viloyati respublika qurilish materiallari sanoatida katta o‘rin egallab, muhim loyihalar (sement, gipsokarton, gaz bloklar) orqali sohaga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu na faqat mahalliy iqtisodiyotni, balki umummilliy qurilish ehtiyojlarini ta’minlashni hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
E’tiborga molik jihat hududda yer osti qazilma boyliklari asosan O‘zbekiston, Farg‘ona, So‘x, Dang‘ara, Oltiariq, Yozyovon, Beshariq, Bag‘dod, Uchko‘prik, Toshloq, Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilda viloyatda 200,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi. 2025-yilda viloyat bo‘yicha qiymati 282,9 mln dollarlik (o‘z mablag‘i – 77,6 mln.doll., bank krediti – 2,8 mln.doll., xorijiy investitsiya - 202,5 mln.doll.) 38 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Natijada, ushbu davrda 2 977 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, qo‘shimcha 150 mlrd.so‘mlik byudjetga tushum ta’minlanadi.

Joriy yil yanvar-iyul oylarida qiymati 63 mln.dollarlik 17 ta loyiha ishga tushirilib, 191 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Misol uchun, "YONG XIN" MCHJ Keramik (kafel) plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining 1-bosqichi ishga tushish natijasida 400 ta, "THERMO TECH" MCHJ Metall panelli radiatorlar ishlab chiqarish loyihasida 300 ta, "VODIY MARHABO" MCHJ Avtoklav gazoblok ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari ishga tushirish natijasida 70 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Mavjud quvvatlarning oshirilishi va yangi ishga tushirilgan loyihalar hisobidan joriy yilda ishlab chiqarish hajmi 2,0 trln.so‘mga yetkaziladi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar 219,8 mln. dollarlik 21 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 2 403 ta yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.