- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- FOTOGALEREYA: "BNBM BUILDING MATERIALS CENTRAL ASIA" MCHJ
21 Jan 2025
816
"BNBM BUILDING MATERIALS CENTRAL ASIA" MCHJ— 2023-yilda o‘z ishini boshlagan gipsokarton ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, majmua Farg‘ona viloyati “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da joylashgan. Korxona to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, so‘nggi rusumdagi energiya tejamkor uskunalar o‘rnatilgan.


Korxonaning yillik quvvati 50 mln kv.metrni tashkil etadi. Xitoy davlatining zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan, mahalliy aholi uchun 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan. Korxonaning barcha mahsulotlari sertifikatlangan bo‘lib, yuqori sifatga ega va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.



Hozirda bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Yuqori sifat, texnik va jismoniy afzalliklarning keng doirasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, xaridorga narx va jismoniy xususiyatlar bo‘yicha maqbul bo‘lgan materialni tanlashga zamin yaratadi.