Hamkorlik memorandumi imzolandi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan asosiy vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, xususan “ta’lim-fan-ishlab chiqarish” tizimini jadalashtirish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda memorandumning maqsadi sohada ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish, talabalarni amaliy mashg‘ulotlarini va ishlab chiqarish amaliyotini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish va u yerda turli xil ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga solishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech