Hamkorlikda yangi imkoniyatlar!

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Afg‘onistonning “Red Star Refine Technical Services” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda uyushma boshqaruv raisi Ilyos Raximov ishtirok etdi. Suhbat chog‘ida qator muhim masalalar muhokama qilindi:

O‘zbekistonda faoliyati to‘xtatilgan sement zavodlarini xarid qilish va ularni qayta ishga tushirish;

IMG_2471.jpg

IMG_2472.jpg

IMG_2474.jpg

Mazkur yo‘nalishga investitsiya jalb etish;

Qo‘shni davlatlarga sement mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish;

Afg‘onistondan yurtimizga sifatli ko‘mir yetkazib berish masalalari.

Bu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

IMG_2475.jpg

IMG_2478.jpg

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonning Qobul shahrida qurilish materiallari eksportini oshirish maqsadida "O‘zbekiston savdo uyi" tashkil etilgan.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech