Huaxin Cement Jizzakh – O‘zbekiston sement sanoatidagi o‘z o‘rniga ega korxona

News image

O‘zbekistonda qurilish sohasi jadal rivojlanib, yangi uy-joylar, infratuzilma va sanoat obyektlari qurilishiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda mahalliy sement ishlab chiqaruvchilarning ulushi beqiyos. Shunday yetakchi korxonalardan biri – “Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ hisoblanadi.

Jizzax viloyatida joylashgan zavod Xitoyning yirik va nufuzli Huaxin Cement kompaniyasi investitsiyasi asosida barpo etilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxona yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu nafaqat ichki bozor talabini qondirish, balki mahsulotni qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish imkonini ham yaratadi.

IMG_0683.jpg

Zavod ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik standartlarga qat’iy rioya etadi. Xom ashyodan samarali foydalanish, energiya tejamkorlik va chiqindilarni minimallashtirish orqali tabiatga ta’sirni kamaytirish maqsad qilingan.

“Huaxin Cement Jizzakh” faoliyati mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratish, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham rivojlanishga turtki bo‘lmoqda. Korxona mahsulotlari esa mamlakatdagi yirik qurilish loyihalarida keng qo‘llanilmoqda.

IMG_0684.jpg

“Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ nafaqat yuqori sifatli sement ishlab chiqarish, balki O‘zbekiston sanoatida zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning faoliyati mamlakat qurilish sohasida yangi bosqichni boshlab berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech