- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Hurmatli qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoati vakillari!
9 авг 2025
349
Sizlarni barchamizning hayotimizda muhim o‘rin tutadigan - Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy shahar va qishloqlar, yangi ishlab chiqarish infratuzilmalari va turmushimizga qulaylik olib kiruvchi inshootlar — bularning barchasida sizlarning bag‘rikeng mehnatingiz, yuksak mahoratingiz va fidoyiligingiz mujassam.
So‘nggi yillarda sohamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiyaviy loyihalar tufayli mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati jadal rivojlanmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda va yangi korxonalar faoliyatga kirishmoqda. Bu jarayonda har biringizning hissangiz beqiyos.
Sizlarning mehnatingiz - faqat bino va inshootlar qurish emas, balki xalqimiz uchun farovon hayot, kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratish demakdir.
Shu ulug‘ ayyomda barchangizga sog‘liq-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Yurt ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlaringiz hamisha qadrlansin!
Ilyos RAHIMOV
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi v.b.