- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- ISO-9001 xalqaro sertifikati talabi va afzalliklari tushuntirildi
26 Jun 2024
673
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov raisligida joriy yilning 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo respublika kengashining” 25-1-son majlisi bayoni ijrosi bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Smart management” MChJ tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida “ISO 9001 xalqaro standarti biznesni takomillashtirish vositasi” mavzusida seminari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublikadagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi jami 1263 ta korxonaga 1531 ta Xalqaro ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 standartlarga muvofiq bo‘lgan menejment tizimlari joriy qilingan. Xususan, Uyushmaga a’zo qurilish materiallari ishlab chiqaruvch 138 ta korxonadan 52 tasida Xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001 sifat menejment tizimlari joriy etilgan.
Shu bilan birga, ushbu seminarda “Bekobodsement” AJ, “Qizilqumsement”AJ, ARTON kompaniyasi, “BS EVRAZIYA GAZOBETON” kabi korxona mutaxassislari ishtirok etdilar.
Semenar yakunlari bo‘yicha korxonalarda Xalqaro ISO 9001 sifatni boshqarish tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilab olingi.