- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Issiqlik saqlovchi qurilish materiallari — energiya tejamkor kelajak sari qadam
6 Nov 2025
109
Bugungi kunda qurilish sohasidagi asosiy vazifalardan biri — energiya tejamkor binolar barpo etishdir. Bu nafaqat tabiiy resurslarni tejash, balki aholining qulay yashash muhitini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu bois issiqlik saqlovchi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.
Nima uchun issiqlik saqlovchi materiallar muhim?
Qish faslida binolarning 40–60 foiz energiya yo‘qotishi devorlar, tom yoki pol orqali sodir bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan issiqlik izolyatsiyasi materiallari esa bu yo‘qotishlarni keskin kamaytiradi. Bu esa uyni issiq, yozda esa salqin saqlashga yordam beradi.

Bugun bozorda energiya tejamkorlikni ta’minlaydigan turli mahsulotlar mavjud:
Gazobeton bloklar — yengil, ekologik toza va yuqori issiqlik izolyatsiyasiga ega.
Mineral paxta — yonmasligi va havo o‘tkazmasligi bilan ajralib turadi.
Penopolistirol (XPS/EPS) — fasad va poydevor izolyatsiyasida keng qo‘llaniladi.
Penopoliuretan (PU foam) — murakkab shaklli konstruksiyalarni qoplashda ideal vosita.

Tabiiy izolyatsiya materiallari (jut, sellyuloza, kenaf) — inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz yechim.
Ushbu qurilish materiallari energiya sarfini 50 foizgacha qisqartiradi. Isitish va sovutish xarajatlarini kamaytiradi. Binoning xizmat muddatini uzaytiradi. Sog‘lom va qulay ichki muhit yaratadi.
Issiqlik saqlovchi qurilish materiallaridan foydalanish nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologiyaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yenergiya tejamkor binolar karbon chiqindilarini kamaytiradi, bu esa barqaror rivojlanish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi.
Qurilishda zamonaviy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish — bu nafaqat zamon talabi, balki kelajak avlod uchun qulay va barqaror muhit yaratish sari tashlangan muhim qadamdir.
Energiya tejang, kelajakni saqlang!