- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Issiqlik saqlovchi qurilish materiallari – zamonaviy qurilishning asosiy talabi
2 Sep 2025
358
Bugungi kunda qurilish sohasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – energiya samaradorligini oshirishdir. Chunki uy va inshootlarni isitish va sovitish uchun sarflanadigan energiya xarajatlari juda katta ulushni tashkil qiladi. Shu bois issiqlik saqlovchi qurilish materiallariga talab kun sayin ortib bormoqda.
Issiqlik saqlovchi materiallar nima uchun zarur?
• Qishda uy ichidagi issiqlikni uzoq saqlab turadi.
• Yozda esa xonalarni iflos havodan himoya qilib, salqinlikni ta’minlaydi.
• Elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
• Qurilishning umumiy sifati va qulayligini oshiradi.

Issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini quyidagi turlari mavjud.
1. Gazobeton bloklar – yengil, mustahkam va yuqori darajada issiqlik saqlaydi. Shu bilan birga ekologik toza mahsulot hisoblanadi.
2. Mineral paxta (vata) – to‘siq va tom qismiga qo‘yiladi. Yonib ketmaydi, issiqlik va tovush izolyatsiyasida samarali.
3. Penoplast va penopolistirol – yengil, arzon va qulay qoplama materiallari. Binoning tashqi devorlariga qo‘llanadi.
4. Shisha tolali plitalar – yuqori darajada issiqlik va shovqindan himoya qiladi, zamonaviy uy-joylarda ko‘p qo‘llaniladi.
5. Energiya samaradorlik qoplamalari – devor va tom uchun maxsus termo qoplamalar bo‘lib, ular inshootning “termos” kabi ishlashini ta’minlaydi.
Ushbu qurilish materiallarining har yili energiya xarajatlarini 30–40% gacha kamaytiradi, iqlimga yo‘naltirilgan qulay muhit yaratadi, qurilishning umrbodligi va xavfsizligini oshiradi, davlat miqyosida ham energiya resurslarini tejash kabi afzalliklari mavjud.

Issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini qo‘llash – bu nafaqat uy sohibi uchun iqtisodiy tejamkorlik, balki butun jamiyat uchun ekologik barqarorlik va energiya xavfsizligini ta’minlashdir. Shu bois, zamonaviy qurilishda bu materiallar asosiy yo‘nalish sifatida rivojlanmoqda.