Istiqbolli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining “Leningrad viloyati sanoatni rivojlantirish markazi” ANT bosh direktori Vera Shtokaylo boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, eksport ko‘lamini yanada kengaytirish, zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish, ikki davlat qurilish materiallari bozori haqida so‘z yuritildi.

1.jpg

Dastlab yig‘ilganlarga O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, sanoat korxonalar faoliyati haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada mustahkamlash, ayniqsa, mahalliy qurilish materiallari eksportini oshirish, sohaga zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

0.jpg

Rossiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berarkan, hamkorlikda ikki tomonlama savdo aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr bildirishdi. Tadbir davomida Rossiyaning yirik kompaniya vakillari o‘z mahsulotlari haqida to‘liq ma’lumot berishdi.

Uchrashuv so‘nggida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, qurilish materiallari eksportini kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

4.jpg

3.jpg

5.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech