Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ning V yo‘nalishi Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish etib belgilangan.

Bugun – 18-mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MChJ, “Uzbuildinvest” MChJ xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil uchun “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida, “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” tamoyili asosida kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashga, shuningdek, “Iqtisod va ma’naviyat” mavzusida tizim xodimlarining ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2-18-03-2024.jpg

Tadbir ishtirokchilariga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi asosida tayyorlangan “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” sarlavhali hamda “Kuchli ma’naviyat: u qanday shakllanadi? sarlavhali targ‘ibot materiallari namoyish etildi.

Ma’lumki, respublikamizda Ma’naviyat va ma’rifat Kengash raisi Prezident, hududlarda esa birinchi rahbarlar hisoblanadi. Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masaladir.

Davlatimiz rahbari buning uchun avvalo mustahkam iqtisodiy asoslar kerakligini ta’kidlab, shu borada amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etib o‘tdi. Ushbu iqtisodiy asos natijasida bu yil ijtimoiy sohaga eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Bu – 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyod demakdir.

3-18-03-2024.jpg

Davlatimiz Rahbari 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat va ma’rifat sohasida 9 ta yo‘nalishda o‘z fikrlarini bildirib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan,  ma’naviyat va madaniyat sohasi uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladigan milliy g‘oyani rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur-hujjat ishlab chiqiladi. Ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor izchil davom ettiriladi. Madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarda hokimlarning mas’uliyati oshiriladi. Teatr san’atini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Kelgusi yildan har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan bittadan madaniyat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Maqom va baxshichilik san’atini ilmiy asosda o‘rganish va rivojlantirish kuchaytiriladi. Musiqa va raqs san’ati rivoji qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqaro maydonda o‘zbek madaniy diplomatiyasi kengaytiriladi. K ino sohasi rivojlantiriladi. Tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi.

4-18-03-2024.jpg

Prezident Shavkat Mirziyoyev  “Tarixdan ma’lum, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”, deb ta’kidlaganligi tadbirda alohida aytib o‘tilib, yaqin o‘tmishda yashagan jadid ajdodlarimizning hayoti, faoliyatlari, g‘oyalari haqida  yetarli bilimga ega bo‘lish, ularning maqolalari, asarlari va kitoblarini o‘qib-o‘rganish mustaqilligimiz naqadar ulug‘ va qimmatli ne’mat ekanligini teran anglashga, yuksak ma’naviyatli, fidoyi va vatanparvar shaxs bo‘lib shakllanishga xizmat qiladi.

Savol va munozaralarga boy bo‘lgan tadbir barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda bu kabi ma’naviyat va ma’rifat soatlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech