Jizzax viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

News image

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida hududlarda Sanoatqurilishbank (SQB) tashabbusi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyatining Jizzax shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

photo_2026-05-16_19-23-37.jpg

Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman vakillari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin korxona vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

photo_2026-05-16_19-23-38.jpg

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan logistika tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish hududlarini kengaytirish, xorijiy bozorlarga chiqish va yangi xaridorlar topish bilan bog‘liq taklif va murojaatlar bildirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Mazkur ochiq muloqot davlat tashkilotlari, bank va biznes vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda sanoatni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim muloqot platformasi bo‘lib xizmat qildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech