- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi
15 May 2026
8
Qurilish materiallari va noruda foydali qazilmalar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar diqqatiga!
Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari (sement, shisha, bazalt, temir-beton buyumlar, shag‘al, g‘isht va boshqalar) ishlab chiqaruvchi korxonalar duch kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish, shuningdek, logistika va energiya resurslari xarajatlarini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirda Jizzax viloyati hokimligi, Biznes-ombudsman, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakillari ishtirok etadi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Sana: 2026-yil 16-may
Vaqt: soat 11:00
Manzil: “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi ma’muriy binosi