Knauf Gips Buxoro quyosh elektr stansiyasi o’rnatiladi

News image

Knauf Gips Buxoro kompaniyasi 2 gektar maydon va 0,9 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini taqdim etdi. Loyiha qiymati: 1 million yevro. Ushbu elektr stantsiyasi tufayli kompaniya CO2 chiqindilarini yiliga 940 tonnaga va elektr energiyasini iste'mol qilishni 30 foizga qisqartirdi. Bu mintaqaviy elektr tarmoqlar yukini kamaytirishga yordam beradi.

“Knauf Gips Buxoro” zavodi quyosh elektr stansiyasidan tashqari atrof muhitning himoyasi uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan barcha qurilish chiqindilari va suvni qayta ishlab, gaz sarfini kamaytirmoqda. Hatto hojatxona chiqindilariga ham, ishlovdan so’ng, daraxtlarga o’g’it uchun ishlatiladi.

photo_2024-11-22_17-47-39.jpg

photo_2024-11-22_17-47-40.jpg

2032 yilga borib kompaniya uglerod izini 50 foizga qisqartirishni va 2045 yilgacha undan butunlay qutulishni rejalashtirmoqda.

O‘ylaymanki, bu xususiy kompaniyalarning ijtimoiy mas’uliyatining yorqin namunasidir. E’tiborlisi, loyiha davlatdan imtiyozlar olmasdan, to‘liq xususiy mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan.

Muqobil energiya manbalariga o‘tish haqida qanday fikrdasiz?

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech