“KNAUF GIPS BUXORO” XK bilan tanishing! (foto)

News image

Buxoro viloyatida joylashgan “KNAUF GIPS BUXORO” XK 2011-yil foydalanishga topshirilgan. Bu yerda gipsokarton va metall profillar ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining qiymati 69 mln yevroni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 40 mln metr kvadrat.

Korxonaga Germaniyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada 150 ga yaqin buxorolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

Hozirda bu yerda 15 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir. “KNAUF GIPS BUXORO” XK Respublikadagi eng yirik eksportyor korxonalardan biri sanaladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech