- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Kompozit materiallar: Zamonaviy qurilishning yangi bosqichi
12 Dec 2025
322
Bugungi kunda qurilish sohasi jadal rivojlanar ekan, ishlab chiqaruvchilar va muhandislar avvalgiga nisbatan yengil, mustahkam, uzoq xizmat qiladigan va ekologik toza materiallarga ehtiyoj sezmoqda. Ana shu talablarga javob bera oladigan innovatsion yechim — kompozit materiallar.
Kompozit nima o‘zi?
Kompozit — bu ikki yoki undan ortiq moddadan tashkil topgan, birlashtirilganda esa yangi, kuchliroq xossalarga ega bo‘ladigan materialdir.
Masalan:
- shisha tolali kompozitlar
- karbon tolali kompozitlar
- bazalt tolali kompozitlar.
Ular metall yoki betondan farqli ravishda zanglamaydi, engil, issiqlikka chidamli va tebranishni yaxshi yutadi.
Nega qurilishda kompozitlar ko‘paymoqda?
Yengillik – metallga nisbatan 3–4 barobar engil. Transport xarajatlari kam. Mustahkamlik – yuqori tortilish kuchiga ega. Inshootning umumiy ishonchliligini oshiradi. Korroziyaga chidamli – namlik, tuz, kimyoviy ta’sirlar kompozitga zarar bermaydi. Uzoq xizmat muddati – 80–100-yilgacha xizmat qilish imkoniyati mavjud. Ekologik xavfsiz – ishlab chiqarish jarayonida chiqindilar kam, energiya sarfi past.
Kompozit materiallar asosan qayerlarda qo‘llanadi?
- Temir-beton konstruksiyalarda
- Ko‘priklar va gidrotexnik inshootlarda
- Xususiy uy qurilishida
- Yo‘l va muhandislik kommunikatsiyalarida
- Yashil energetika obyektlarida.
Bir so’z bilan aytganda kompozit – kelajak materiali. Bugungi global bozorda kompozit mahsulotlarga talab yil sayin o‘sib bormoqda. Infratuzilmani modernizatsiya qilish, muddat va xarajatlarni qisqartirish, ekologik talablarni kuchaytirish — bularning barchasi ushbu materiallarni yanada dolzarb qiladi.