KPI – ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi haqida ma’lumot berildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “KPI (Key Performance Indicators) – ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi” haqida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddi tashkilot vakillari, uyushma rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ul xodimi Sardor Abdullayev video aloqa orqali mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi.

1 IMG_2449.jpg

KPI nima?

Korxona va tashkilotlarda strategik va taktik maqsadlarga erishishda yordamchi ko‘rsatkichlar

Xodimlarni baholash va rag‘batlantirishda shaffof tizim

Faoliyat natijalarini obyektiv o‘lchash imkoniyati

Ma’lumot uchun: KPI tushunchasi ilk marotaba XX asrning 50-yillarida Piter Drukerning “Maqsad sari boshqarish” g‘oyasida shakllangan.

2 IMG_2447.jpg

3 IMG_2448.jpg

O‘zbekistonda 2020-yildan davlat xizmatchilari faoliyati KPI asosida baholana boshlandi. Endi rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari samaradorligi “samaradorlik.uz” platformasi orqali ochiq va avtomatik baholanmoqda.

Yig‘ilishda ma’lum qilinganidek,

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 2025-yil II chorakda KPI ko‘rsatkichlarini 100% bajarib, respublikada 1-o‘rinni egalladi!

4 IMG_2453.jpg

Tadbir yakunida xodimlarga savol-javob va samaradorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech