- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Made in Uzbekistan” – O‘zbekiston qurilish materiallari jahon bozorida
2 Mar 2026
145
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda. Bu jarayonda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi muhim rol o‘ynab, milliy mahsulotlarni “Made in Uzbekistan” brendi ostida targ‘ib qilish, tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Uyushma tashabbusi bilan bir qator muhim mamlakatlarda O‘zbekiston savdo uylari, shourum va savdo omborlari yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda xorijiy namoyish maydonchalarida yurtimizda ishlab chiqarilgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 50 dan ortiq turdagi qurilish materiallari muvaffaqiyatli taqdim etilmoqda.

Shourumlarda:
-quruq qotishmalar,
-gipsokarton listlari,
-keramika mahsulotlari,
-metall profillar, quvur va fitinglar,
-bo‘yoq va lak mahsulotlari,
-issiqlik izolyatsiyasi vositalari kabi zamonaviy qurilish uchun zarur turli mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Eksport hajmlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston savdo uylari va shourumlari quyidagi shaharlarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi:
Ozarbayjon – Boku,
Tojikiston – Dushanbe,
Pokiston – Laxor,
Afg‘oniston – Qobul va Mozori Sharif,
Qozog‘iston – Aktau,
Qirg‘iziston – Jalolobod.
Bu maydonchalar nafaqat mahalliy bozorlarda “Made in Uzbekistan” brendini targ‘ib etmoqda, balki biznes aloqalarni mustahkamlash va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi kunda Rossiyaning Moskva va Kazan shaharlari hamda AQSHning Nyu-Djersi shtatidan qurilish materiallari shourum va savdo omborlari ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu tashabbuslar O‘zbekiston mahsulotlarini yanada kengroq bozorlarga olib chiqish va milliy brendini xalqaro miqyosda yanada tanitishga xizmat qiladi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbuslari tufayli “Made in Uzbekistan” brendi tobora ko‘proq mamlakatlarda tan olinib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.