- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- «MEXMASH» MCHJ bilan tanishing
9 Oct 2024
992
«MEXMASH» MCHJ Namangan shahridagi joylashgan bo‘lib, unda qurilish, mebelsozlik, elektronika, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalari uchun bolt, gayka, vint, shurup va samorez mahsulotlarini ishlab chiqariladi.
Korxonaga 2008-2024-yillarda 30 mln AQSH dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, shundan 24 mln AQSH dollari 2018-2024-yillarga to‘g‘ri keladi. Investitsiyaning 15 mln AQSH dollari o‘z mablag‘lari va 15 mln AQSH dollari bank krediti mablag‘iga amalga oshirilgan.

Korxonaning bugungi kundagi yillik ishlab chiqarish quvvati mahkamlash uchun va rezbali mahsulotlar 20 ming tonna (500 dan ortiq har xil o‘lchamdagi shurup) va rulonli qog‘oz 18 ming tonnani tashkil etadi.
Ishlab chiqarish uskunalari Tayvan va Xitoy davlatlaridan keltirilgan. Yaponiya davlatining uskunalari bilan jihozlangan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi ham mavjud.
Korxonada mahsulotni ishlab chiqarishning to‘liq sikli o‘zlashtirildi, mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 40 % ni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda mahkamlash uchun va rezbali mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlangani hisobiga, ushbu mahsulotlar narxi oxirgi 5-yilga nisbatan 40 foizga arzonlashdi.
Hozirda qurilish, mebelsozlik, elektronika, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalari uchun bolt, gayka, vint, shurup va samorez mahsulotlarini ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorga yetkazib berib kelmoqda.
Xom ashyo (po‘lat sim) Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekistonda metall mahsuloti ishlab chiqaruvchilardan olib kelinadi (Bekobod metallurgiya kombinati). Qog‘oz xom ashyosi Rossiya Federatsiyasi va mahalliy yetkazuvchidan sotib olinadi.

Hozirda korxona mahsulotlarini Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Rossiya davlatlariga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda 6 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
Korxona ishlab chiqargan mahsulotini 20 % qismini eksport qilayotgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni 2025-2030-yillarda Yevropa ittifoqi va Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish hisobiga 50 % ga yetkazib, mavjud ishlab chiqarishni yana qo‘shimcha oylik 1 100 tonnaga kengaytirish, yangi loyihani amalga oshirish uchun yana 11,7 million AQSH dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Hozirda Yevropa bozoriga, aynan Litvaga eksport qilinmoqda.