«MEXMASH» MCHJ haqida eshitganmisiz?

News image

«MEXMASH» MCHJ Namangan shahrida joylashgan bo‘lib, qurilish, mebelsozlik, elektronika, avtomobilsozlik va boshqa sanoat tarmoqlari uchun bolt, gayka, vint, shurup va samorez kabi mahkamlash va rezbali mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Korxonada mahsulot ishlab chiqarishning to‘liq sikli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 40 foizni tashkil etadi.

IMG_0718.jpg

IMG_0719.jpg

2008–2024-yillar davomida korxonaga jami 30 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Mazkur investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va sifat nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirildi.

Korxonada yiliga 20 000 tonna mahkamlash va rezbali mahsulotlar (500 dan ortiq turli o‘lchamdagi shurup va rezbali mahsulotlar) ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarish uskunalari Tayvan va Xitoy davlatlaridan keltirilgan. Shuningdek, bu yerda Yaponiya uskunalari bilan jihozlangan akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi mavjud.

O‘zbekistonda mahkamlash va rezbali mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani natijasida so‘nggi 5-yil ichida ushbu mahsulotlar narxi 40 foizga arzonlashdi.

Bu esa ichki bozorda raqobatni kuchaytirish va qurilish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

IMG_0722.jpg

IMG_0724.jpg

Hozirgi kunda korxona mahsulotlari quyidagi davlatlarga eksport qilinmoqda:

Litva,

Qozog‘iston,

Qirg‘iziston,

Tojikiston,

Turkmaniston,

Ozarbayjon va

Rossiya.

Ayni vaqtda mahsulotning 25 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.

IMG_0727.jpg

«MEXMASH» MCHJ — mahalliy sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosish va eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shayotgan ishonchli va zamonaviy ishlab chiqarish korxonasidir.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech