Mo‘g‘uliston Respublikasining Ulan-Bator shahrida “Made in Uzbekistan”

News image
style="text-align: justify;">Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro bozorlarda keng targ‘ib etish va yangi eksport yo‘nalishlarini ochish maqsadida Mo‘g‘uliston Respublikasining Ulan-Bator shahrida “Made in Uzbekistan” — milliy mahsulotlar shourumi ish boshlagan.

Shourum tadbirkorlarimizga o‘z mahsulotlarini doimiy namoyish etish, Mo‘g‘uliston bozoriga chiqish, hamda yangi hamkorlar va distribyutorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi.

Ishtirok etish afzalliklari:

- Mahsulotlarni doimiy ko‘rgazma maydonida joylashtirish;

- Yangi eksport shartnomalarini tuzish;

- Mahalliy bozorda ishonchli hamkorlar topish.

photo_2025-10-20_17-49-34.jpg

Shourum manzili:

Ulan-Bator shahri, Bayanzurx tumani, 12-mikro tuman, Ix Toyruu ko‘chasi, 99/1-uy.

Shourum faoliyati bo‘yicha hamkor:

“Ali Baraka Halal Food Trade” kompaniyasi (Mog‘uliston)

O‘zbekiston bo‘yicha mas’ul shaxs:

Azimov Abdulloh — +998 97 428 99 88 (Telegram)

Mo‘g‘uliston bo‘yicha mas’ul shaxs:

Abdullayev Saydulla — +976 9 9700110 (WhatsApp)

O‘z mahsulotingizni Mo‘g‘uliston bozorida namoyish eting — yangi sheriklik va savdo imkoniyatlariga yo‘l oching!

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech