- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Namangan viloyatida qurilish materiallari sanoati korxonalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
22 May 2026
20
Namangan viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasidagi korxonalar bilan muammo va takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik doirasida, tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida joriy yil 22-may kuni Namangan viloyatida "O'zsanoatqurilishbank" ATB Namangan filialida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.


Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati hamda qurilish materiallari sanoatida faoliyat yuritayotgan qariyb 40 ga yaqin korxona vakillari ishtirok etdi.