- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Namangan viloyatida yana bir yangi sement zavodi foydalanishga topshiriladi
6 Jul 2021
1523
Namangan viloyatida sement zavodlar soni yana bittaga ko‘payadi. Pop tumanida “Pop sement” MCHJ tomonidan yiliga 300 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etildi. Loyihaning umumiy qiymati 27,8 mln dollarni tashkil etadi. E’tiborlisi, ushbu bunyodkorlik ishlariga 21 mln dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilingan.
Loyihani amalga oshirish uchun qurilish ishlari 2018 yilning mart oyida boshlangan, xozirgi kunga qadar sement zavodining barcha uskunalar to‘liq olib kelinib, o‘rnatilgan hamda so‘ngi montaj ishlari olib borilmoqda.

Texnologik uskunalar Xitoy davlatidagi xamkori «Nanjing s-hope cement engineering group» tomonidan ta’minlangan. Ayni kunga qadar 21 mln AQSH dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Jamiyat o‘zining xom ashyo bazasi ya’ni konlariga ega. Yana bir e’tiborga molik jihati yangi quvvatni ishga tushirish bilan 300 ta poplik yoshlar ish bilan ta’minlanadi. Hozirda uskunalarni ishlab chiqarishga tayyorlash, sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda. Tez kunlarda Namangan viloyatida yangi sement zavodi foydalanishga topshiriladi.