- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Navoiy viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot
Navoiy viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot
20 May 2026
35
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida joriy yilning 20-may kuni Navoiy viloyati Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” binosida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, qurilish materiallari sanoati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin korxona vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tkazilib, unda sohani yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan dolzarb masalalar, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, logistika tizimini takomillashtirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xorijiy hamkor va xaridorlarni jalb etish bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, geologiya sohasida xomashyo bazasini kengaytirish, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish jarayonlarini soddalashtirish, geologik qidiruv ishlarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga korxonalarda mehnat muhofazasi va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xodimlar uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.


Mazkur uchrashuv davlat organlari, moliya institutlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohaga oid muammolarni manzilli hal etish hamda qurilish materiallari sanoatini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.