O‘tgan hafta davomida 217 669 tonna sement sotilgan

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 12 – 18 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ ning barcha savdo platformalarida 1 708,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,3% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 86,8% - birja savdolari, 2,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 10,6% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 606,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 34,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 241 266,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 217 669,0 tonnasi, ya’ni 90,2% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 43,5 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 576,3 ming so‘mdan 568,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech