- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘tgan haftada birja savdolarida 135 475 tonna sement sotildi
17 Feb 2026
220
O‘tgan hafta davomida, yaʼni 9-15-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 407 645,0 tonna sement qo‘yildi va undan 135 475,0 tonnasi, yaʼni 33,2 % qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 27 095,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 601,0 ming so‘mdan 587,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 nafar xaridor ishtirok etdi.
Birja savdolarida jami 43 014 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,6 %ga ko‘pdir. Ularning 41,1 % birja avdolariga, qolgan 58,9 % qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 115,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejalgan.