O‘tgan haftada birja savdolarida 221 718 tonna sement sotildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 13 – 19 sentabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 829,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,1% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 83,5% - birja savdolari; 0,4% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 15,7% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 669,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 38,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 340 463,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 221 718,0 tonnasi, ya’ni 65,1% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 44,3 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 512,8 ming so‘mdan 506,2 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech