O‘tgan haftada birja savdolarida 236,1 ming tonna sement sotildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 17 – 23 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ ning barcha savdo platformalarida 1 838,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 50,8% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 88,5% - birja savdolari, 1,8% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 9,3% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 658,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 28,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birjaning sement bozorida ichki talabning o‘sishiga qaramasdan narxlar pasaymoqda.

O‘tgan haftada birja savdolariga 278 070,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 236 160,0 tonnasi, ya’ni 85,0% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 47,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 593,2 ming so‘mdan 569,4 ming so‘mgacha, ya’ni 4,0% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech