“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi-ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi

News image

Joriy yil 8-sentabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida 2025-yil yanvar-sentabr va 2025-yil uchun maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi to‘g‘risida iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ommaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Shuhrat Xodjayev, Boshqaruv samaradorligi agentligi yetakchi inspektori Mirkomil Berdiyev, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, Uyushma ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va mas’ul xodimlari, “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MChJ hamda Uyushma tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalari rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Iqtisodiy o‘qishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili Shuhrat Xodjayev ma’ruza qildi.

Shuhrat Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandiga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligini ta’kidlab o‘tdi.

IMG_2483.jpg

IMG_2484.jpg

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

Davlat Rahbarining mazkur Farmoniga 1-ilova bo‘lgan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” II bo‘limi “Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish” 48-bandida, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqishni kengaytirish belgilangan.

Boshqaruv samaradorligi agentligi yetakchi inspektori Mirkomil Berdiyev Uyushma rahbariyatining KPI ko‘rsatkichlari ijrosining borishi holatiga to‘xtalib o‘tdi.

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Uyushma tarkibidagi korxonalarning joriy yil yanvar-avgust oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etgan:

Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:

- 13,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 116,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

- dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy mahsulotlar kesimida 9,6 mln tonna sement (116 foiz), 14,8 mln m2 keramik plitka (106,8 foiz), 26,5 mln m2 qurilish oynasi (140,4 foiz), 51,4 mln m2 gipsokarton (164 foiz), 4,4 ming tonna gulqog‘oz (106 foiz) ishlab chiqarilgan.

IMG_2485.jpg

IMG_2487.jpg

Mahalliylashtirish:

tarmoq korxonalari tomonidan yanvar-avgust oylarida 1050,4 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 126,3 foizga yetgan.

Investitsiyalarni o‘zlashtirish:

- 150,2 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, belgilangan prognoz 147 foizga bajarilgan. Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qiymati 41 mln.dollarlik 2 ta loyiha ishga tushirilib, 357 ta yangi ish o‘rni yratildi.

Eksportni kengaytirish:

675,4 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilib, belgilangan prognoz 101 foizga bajarilgan.

Joriy yilning II yarim yilligidagi asosiy vazifalar:

Ishlab chiqarish:

- Yil yakuni bilan 17,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 115 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shu jumladan, 12,2 mln tonna sement (110 foiz), 34 mln m2 qurilish oynasi (114,6 foiz), 75 mln m2 gipsokarton (100 foiz), 22,5 mln m2 keramik plitka (107 foiz) ishlab chiqarilishiga erishiladi.

Mahalliylashtirish:

import o‘rnini bosuvchi 10 turdagi, shundan 2 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali 2,2 trln so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Investitsiyalarni o‘zlashtirish:

- tarmoq korxonalari tomonidan jami 195,7 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi;

- shu jumladan 3 ta yirik (Samarqand viloyatida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalarni ishlab chiqarish–25 mln dollar, Toshkent viloyatida yirik hajmli suv bochkalarini ishlab chiqarish–15 mln dollar, penoplistiroldan issiqlik saqlovchi materiallarni ishlab chiqarish – 15,5 mln dollar) rejalashtirilgan.

Eksport yo‘nalishida:

- yil yakuni bilan 1,2 mlrd dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga Sh.Xodjayev, M.Berdiyev, I.Raximov tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.

Tadbir yakunida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tizimida 2025-yil uchun maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar so‘zsiz ta’minlanishi e’tirof etildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech