O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes-forumi: ishtirok etishga taklif etamiz

News image

Hurmatli tadbirkorlar!

Joriy yilning 20–25-iyun kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahridaga O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida ishbilarmonlar uchrashuvlari, eksport-import operatsiyalari, sanoat kooperatsiyasi va sarmoyaviy loyihalar yuzasidan muzokaralar hamda Mo‘g‘uliston-O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkaziladi.

Hamkorlik yo‘nalishlari: to‘qimachilik (kashemir, jun), elektrotexnika, charm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari hamda turizm.

Ushbu tashrif uchun “Toshkent – Ulan-Bator – Toshkent” yo‘nalishida alohida charter reys yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyidagi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:

+998 78 150 60 06

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech