O‘zbekiston qurilish materiallari AQSH bozorida!

News image

27-avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahridagi “Los Angeles Convention Center”da yirik xalqaro “Los Angeles Build Expo” ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Bu yilgi ko‘rgazma O‘zbekiston uchun tarixiy voqea: mamlakatimiz tadbirkorlari birinchi marta “Made in Uzbekistan” brendi ostida 25 dan ortiq turdagi zamonaviy qurilish materiallari bilan ishtirok etmoqda.

AKFA Extrusions, Alcopon Standart Trade, Basalt Uzbekistan va boshqa yirik kompaniyalar o‘zining innovatsion mahsulotlarini namoyish etmoqda.

01 photo_2025-08-28_18-41-30.jpg

02 photo_2025-08-28_19-00-13.jpg

Tadbir doirasida:

• Xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar;

• Yangi eksport shartnomalari;

• Yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-iyul oylarida AQSHga 7,1 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 barobar ko‘p!

“Build Expo USA” — Amerikadagi eng yirik mintaqaviy qurilish ko‘rgazmasi bo‘lib, 30-yildan beri 40 dan ortiq shaharda tashkil etib kelinmoqda. “Tradefest” xalqaro reytingida esa u dunyodagi 17-raqamli qurilish ko‘rgazmasi sifatida e’tirof etilgan.

03 photo_2025-08-28_18-46-53.jpg

04 photo_2025-08-28_18-47-28.jpg

05 photo_2025-08-28_18-57-44.jpg

06 photo_2025-08-28_18-58-57.jpg

07 photo_2025-08-28_18-59-31.jpg

O‘zbekiston qurilish materiallari endi nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham yuqori talabga ega. Bu ishtirok mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun AQSH bozoriga keng yo‘l ochadi va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Made in Uzbekistan – sifat va ishonch timsoli!

Build with Uzbekistan – Build the Future

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech