O‘zbekiston qurilish materiallari jahon ko‘rgazmalarida

News image

O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanib, mahalliy tadbirkorlar xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Bu jarayonda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi soha tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va milliy mahsulotlar brendini shakllantirishda o‘rni katta.

Uyushma har yili mahalliy korxonalarning nufuzli xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar va konferensiyalarda ishtirokini ta’minlab, ularga investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi hamkorlar topish va jahon bozoriga chiqishda keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

IMG_1280.jpg

Bugungi kunga qadar yurtimiz tadbirkorlari uyushma ko‘magida qator yirik anjumanlarda ishtirok etdilar:

“Innoprom Central Asia-2025” (28–30-aprel, Toshkent),

“Rossiya–Islom dunyosi Kazan Forum 2025” (13–18-may, Kazan),

“Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (5–7-iyun, Tbilisi),

“Turkiy davlatlar xalqaro ko‘rgazmasi” (10–12-iyun, Boku),

“Made in Uzbekistan” mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi (20–24-iyun, Ulan-Bator),

“Los Angeles Build Expo” (27–29-avgust, Los-Anjeles).

Joriy yil yakuniga qadar soha tadbirkorlari uchun sermahsul tarzda o‘tish kutilmoqda. Mahalliy korxonalarimiz “Bud Yexro 2025” (17–19-sentyabr, Minsk, Belorussiya), “Brno Yexro 2025” (7–10-oktyabr, Brno, Chexiya), “Boku Build 2025” (14–16-oktyabr, Boku, Ozarbayjon), “Charlotte Build Expo 2025” (15–16-oktyabr, Sharlott, AQSH) kabi xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.

IMG_1282.jpg

Ushbu ko‘rgazmalardagi ishtirok “Made in Uzbekistan” brendini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda ular uchun yangi bozor eshiklarini ochishga xizmat qilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbuslari tufayli O‘zbekiston tadbirkorlari nafaqat o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda, balki yangi investitsiya va hamkorlik loyihalariga yo‘l ochmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech