- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston va Gruziya qurilish materiallari sanoatidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
3 июл 2026
19
2026-yil 3-iyul kuni Tbilisi shahrida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi va Gruziya–O‘zbekiston xalqaro biznes assotsiatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida qurilish materiallari sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.


Memorandum doirasida tomonlar:
- o‘zaro savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish;
- qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
- biznes-forumlar, konferensiyalar va ishbilarmonlik uchrashuvlarini tashkil etish;
- korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiyani mustahkamlash hamda innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashishga kelishib oldilar.

Manba:
Axborot xizmati