- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yangi qo‘shma loyihalarga start berildi!
24 авг 2026
9
Shunday loyihalardan biri “Matanat A” kompaniyasi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida gips va quruq qurilish aralashmasi ishlab chiqarish korxonasi.
Qiymati $20 million bo‘lgan bu loyihaning ishga tushirilishi ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish, investitsiyalar jalb qilishdagi muhim hamkorlikni ifodalaydi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning ham Ozarbayjon bozoriga qurilish materiallari eksporti yildan yilga oshib boryapti.
2024-yilda $17,3 mln, 2025-yilda $18,2 mln (2024-yilga nisbatan 5,5%ga ko‘p).
2026-yilning 7 oyida Ozarbayjonga qurilish materiallari eksporti $17,5 mlnni tashkil etdi.
Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 63,2%ga o‘sish yoki joriy yilning 7 oyida Ozarbayjonga eksport hajmi 2025-yil yakunidagi umumiy eksport hajmining qariyb 96%ga yetdi.

Asosiy eksport mahsulotlari:
– metall mahsulotlari - $5,3 mln;
– gulqog‘oz va qog‘oz mahsulotlari - $3,7 mln;
– alyuminiy qurilish materiallari - $2,4 mln;
– PVX va plastmassa mahsulotlari - $1,7 mln;
– keramika mahsulotlari - $1,4 mln;
– Issiqlik izolyatsiyasi materiallari - $1,3 mln.