O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari Pokistonda

News image

2026-yil 5-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasining Islomobod shahrida “O‘zbekiston–Pokiston” biznes-forumi hamda “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Tadbir ikki davlatning rasmiy doiralari hamda qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun samarali platforma sifatida tashkil etildi. Forum doirasida qurilish materiallari ishlab chiqarish, eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

photo_2026-02-05_10-13-20.jpg

Forum dasturidan O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoatining investitsiyaviy salohiyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va qulay shart-sharoitlar, shuningdek, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar eksportini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar o‘rin olgan.

photo_2026-02-05_10-13-24.jpg

Shuningdek, forum bilan bir vaqtda o‘tkazilayotgan “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasida keramika, sanitar-texnika buyumlari, qurilish kimyosi, izolyatsiya materiallari, qurilish konstruksiyalari va boshqa eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston milliy korxonalarining mahsulotlari namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma Pokiston bozorida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech