- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Toshkent Tovar Xomashyo Birjasi” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Toshkent Tovar Xomashyo Birjasi” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
21 Jul 2025
465
Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma boshqaruv raisi v.b. Ilyos Rahimov hamda “Toshkent Tovar Xomashyo Birjasi” AJ rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida qurilish materiallari sohasida ochiq va samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsadlar:
- Qurilish materiallari savdosida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash;
- Birja platformasi orqali ishonchli savdo mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
- Sohadagi narx barqarorligini ta’minlash;
- Ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida adolatli raqobat muhitini kuchaytirish;
- Sohadagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tahlil va konsalting xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.


Hamkorlik natijasida:
- Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini birja orqali erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
- Savdo jarayoni shaffof va avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;
- Birja mexanizmlari orqali teng sharoitda raqobat yaratiladi;
- Tadbirkorlar uchun seminarlar, treninglar, tahliliy ma’lumotlar doimiy ravishda taqdim etib boriladi;
- Qurilish sanoati – iqtisodiyot dvigateli. Bugungi hamkorlik esa bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ishonchli va samarali savdo muhitini yaratish sari tashlangan muhim qadamdir.
Manba:
Axborot xizmati