- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Yoshlar uchun Startup loyihalarini yaratish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Yoshlar uchun Startup loyihalarini yaratish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
12 Jun 2026
9
Seminar davomida ishtirokchilarga Startup tushunchasi, uning ahamiyati va rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli startup yaratish uchun avvalo muammoni aniqlash, unga innovatsion yechim topish va bozor talabini o‘rganish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, biznes-reja tuzish, jamoa shakllantirish hamda investorlarni jalb etish usullari haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida startup loyihalarni moliyalashtirishda loyiha g‘oyasining dolzarbligi, iqtisodiy samaradorligi, barqaror rivojlanish istiqbollari va kutilayotgan natijalar muhim omillar ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar biznes g‘oya yaratish, muammolarni aniqlash va ularga innovatsion yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha ikki guruhga bo‘linib ishladilar. Ularga bozor talabini o‘rganish, maqsadli auditoriyani aniqlash, raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish hamda loyiha istiqbollarini baholash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, startup loyihalar uchun biznes-model yaratish, moliyaviy rejalashtirish, xarajatlar va kutilayotgan daromadlarni hisoblash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.