- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Ohangaron tumanidagi “Telov” kichik sanoat zonasida yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Ohangaron tumanidagi “Telov” kichik sanoat zonasida yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
14 авг 2026
13
Ohangaron tumanidagi “Telov” kichik sanoat zonasi qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, 50 gektar maydonda 42 ta lotni o‘z ichiga oladi. Zona Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 10-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bugungi kunda kichik sanoat zonasi hududi zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Jumladan, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari, oqova suvlarni tozalash inshooti barpo etilgan, shuningdek, tabiiy gaz tarmog‘i tortilgan.
2026–2027-yillarda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish doirasida 22 000 kVA quvvatga ega yangi nimstansiya qurish uchun 50 mlrd so‘m hamda sanoat zonasiga kirish avtomobil yo‘lini ta’minlash uchun 4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda hududda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan:
- “VOLTRIA” MChJ tomonidan Chexiya bilan hamkorlikda kolloksilin mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyiha 8 gektar maydonda joylashtiriladi, loyiha qiymati 22 mln AQSh dollari bo‘lib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan;
- “ASIA WOOLT BASALT” MChJ tomonidan Italiya bilan hamkorlikda bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi 6 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 35 mln AQSh dollari bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Shunday qilib, “Telov” kichik sanoat zonasi qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun istiqbolli sanoat hududlaridan biri hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
“Telov” kichik sanoat zonasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot;
Investitsiya loyihalari va hudud infratuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar.