- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Oliy ma’lumot olishdagi imkoniyatlarni boy bermang!
31 Jul 2024
267
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vazirlik va idoralarga yuborilgan 2024-yil 30-iyuldagi 84-02-4160-sonli xatida:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2024-yil 26-iyuldagi 61-3-sonli bayonining 26-bandida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5-yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2024/2025 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlanganligini;
unga ko‘ra mazkur bayon qarorining ilovasiga keltirilgan vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlarni joriy yil 21-iyuldan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilim va malakani baholash agentligining maxsus dasturiga kiritib borishlari belgilanganligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga muvofiq, talabgorlar bilan suhbat o‘tkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati 48-qatorida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi har bir o‘quv yili uchun Uyushma ijro etuvchi apparati hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘z tarkibidagi korxonalarning kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlariga ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan test sinovlarisiz o‘qishga kirishlariga 2024-yil 15-avgustga qadar tegishli tavsiyanomalar berilishini eslatamiz.
Marhamat, berilgan mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalaning!