- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Oyna mahsulotlari sifatini ko‘tarish muhokama qilindi
4 Sep 2025
215
Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi Ilyos Raximov O‘zbekiston oynasi ishlab chiqarish sanoati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Respublikamizdagi yirik oyna ishlab chiqaruvchi “Kvarts”AJ, “Zarafshon oyna” MCHJ korxonalari rahbarlari hamda yirik importyor korxona vakillari ishtirok etdi.


Muloqotda, shuningdek, Glass expo, Imzo, Avtooyna, Texnoinvest-ST, Tezkor glass, Glass Pro, Sam glass, Leader glass, Next glass, GLASS TRADE LP kabi yirik ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalar vakillari ham ishtirok etdi. Tadbir tadbirkorlar qamrovini kengaytirish maqsadida onlayn i oflayn tarzida o‘tkazildi.


Uchrashuvda oyna ishlab chiqarish, mahsulot sifat ko‘rsatkichlari, importni muvofiqlashtirish, yangi tur mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mijozlar talablarini o‘rganish hamda oyna sanoati sohasini rivojlantirish kabi masalalari muhokama qilindi. Alohida e’tibor oyna sifatini oshirish hamda “Ishlab chiqaruvchi-qayta ishlovchi-mijoz” zanjirini tuzish va zanjir uzilishiga ta’sir etuvchi omillarni birgalikda bartaraf etishga qaratildi.


Muzokaralar yakunida ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasida mijozlarning talablari asosida yangi tur mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda oyna mahsulotlari importida yuzaga kelayotgan masallarni atroflicha ko‘rib chiqish bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.