Ozarbayjon davlatiga qurilish materiallari eksporti oshiriladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon davlatining “Green Stream international” kompaniyasi ta’sischisi va rahbari Ramin Sharifof boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati va ikki davlat ishbalarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_0254.jpg

Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-logistika, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjonda qurilish materiallari sanoatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Xom-ashyo, bino va yer ajratish, tashqi kommunikatsiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi va bir qator mahalliy tadbirkorlarga hamkorlikda faoliyatni yo‘lga qo‘yish haqida rejalar taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekistondagi avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi “Arton” kompaniyasiga Ozarbayjonda investitsiya loyihasini davom ettirish bo‘yicha biznes takliflar bildirildi. Shuningdek, keramik plitka, bazalt toshidan qurilish materiallari savdosini amalga oshirish, boshqa yangi turdagi mahsulotlar eksporti bo‘yicha ham fikr bildirildi.

IMG_0257.jpg

IMG_0260.jpg

IMG_0263.jpg

IMG_0265.jpg

Tadbir doirasida B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Shu kuni har ikkala davlat ishbilarmon doira vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga uyushma bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

IMG_0266.jpg

IMG_0268.jpg

IMG_0271.jpg

IMG_0273.jpg

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qurilish materiallari eksportini yanada oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida 2023-yil dekabr oyida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Green Stream international” kompaniyasi bilan imzolangan memorandumga ko‘ra Ozarbayjonning Boku shahrida “Made in Uzbekistan” savdo uyi tashkil etilgan edi.

IMG_0279.jpg

IMG_0282.jpg

IMG_0286.jpg

IMG_0287.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech