Poytaxtimizda yana bir yirik sanoat voqeasi!

News image

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Ushbu yirik tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida tashkil etildi.

Bu yilgi yarmarka avvalgilaridan farqli o‘laroq, yanada keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Unda yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ham namoyish etilmoqda. Bu esa mahalliy sanoat korxonalari uchun yangi biznes-g‘oyalar yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va raqobatbardosh mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

20251215_104103.jpg

20251215_104400.jpg

20251215_104407.jpg

20251215_104421.jpg

Yarmarka doirasida viloyatlardan tashrif buyurgan 400 dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. To‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft-gaz, qurilish materiallari, kimyo, elektrotexnika, avtomobilsozlik va boshqa sohalarga mansub korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulot namunalari, istiqbolli loyihalari hamda sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif etilayotgan mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Ayniqsa, qurilish materiallari sanoati paviloni mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bugungi kunda ushbu sohadan 100 dan ortiq korxona yarmarkada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Toshkent shahri yirik megapolis sifatida qurilish materiallari sanoatining rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu yerda tabiiy pardozbop toshlardan tortib, suyuq oboygacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yarmarka davomida korxonalar nafaqat mahsulotlarini namoyish etmoqda, balki qator manfaatli shartnomalarni ham imzolashga muvaffaq bo‘lmoqda.

20251215_104535.jpg

20251215_104611.jpg

20251215_104616.jpg

20251215_104629.jpg

20251215_105216.jpg

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir platformada jamlab, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ko‘rgazma 19-dekabrgacha davom etadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech