Prezident Farmonining ijrosi amalda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyulda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustakamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-son Farmonining tegishli topshiriqlari ijrosi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida izchil ta’minlanmoqda.

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminisrtatsiyasi rahbarining topshiriqlari va Hukumati hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan mazkur Farmon ijro intizomini yanada mustahlamlashiga va shaffoflikni oshirishga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari topshiriqlari ijrosining bajarilishini ta’minlash yuzasidan Uyushmada kunlik monitoring olib borilmoqda.

Topshiriqlarning ijro holati Uyushma rahbariyati huzurida har haftaning dushanba va juma kunlari mas’ul ijrochilar hisobotlari eshitilgan holda muhokama etilmoqda.

2025-yil dekabr oyida Uyushma asosiy (teng kuchli) ijrochi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 37 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 1 ta topshiriqlari ijrosi o‘z muddatida ta’minlandi.

Uyushmada 2026-yil yanvar oyida ijro muddati keladigan barcha topshiriqlar ijrosi bo‘yicha oldindan aniq choralar belgilandi.

2026-yil yanvar oyida Uyushma asosiy (teng kuchli) ijrochi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 1 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 1 ta topshiriqlarining ijrosi belgilangan muddatgacha ta’minlanadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech