Qashqadaryo qurilish materiallari Alyansini tashkil etish muhokama qilindi

News image

Viloyat hokimligida Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini yagona kuchga birlashtiruvchi uyushma (Alyans) tashkil etish bo‘yicha muloqot tashkil etilib, unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi, viloyatimizdagi qurilish sohasi vakillari, tadbirkorlar va mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

photo_2026-06-01_10-42-48 (2).jpg

photo_2026-06-01_10-42-48 (4).jpg

Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari bugun qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim drayveri “lokomotiv” tarmoqlaridan biriga aylanib borayotganini ta’kidlab, bu yo‘nalish bo‘yicha viloyatda ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish, sifat va raqobatbardoshlikni kuchaytirish, “yashil qurilish” va energiya samaradorligi, import o‘rnini bosish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan qator muhim masalalarni aytib o‘tdi.

Shuningdek, mutasaddi rahbarlar tomonidan mazkur soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar, Alyansni tashkil etish, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar hamda qulayliklar haqida taqdimotlar o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

photo_2026-06-01_10-42-49 (2).jpg

photo_2026-06-01_10-42-49.jpg

photo_2026-06-01_10-42-50.jpg

Shu bilan birga tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ularning bildirgan taklif va fikrlari inobatga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech